Blogga qaytish

Umra sayohatlarini tashkil etishda operatsion jarayonlar

Premium Umra paketlarini sotish — bu faqat marketing emas, balki marketing, savdo va moliyani bitta jarayon sifatida boshqarish. Har bir charter guruhning to'lishi aviatsiya sig'imi, mehmonxona bron qilish va to'lov muddatlari bilan bevosita bog'liq.

Guruh 40+ ziyoratchiga yetganda, kechikkan bitta to'lov butun charterni xavf ostiga qo'yishi mumkin. Shu sababli CRM orqali lead oqimini, moliyaviy hisob-kitoblarni va savdo jamoasi ishini bir vaqtning o'zida muvofiqlashtirish muhim.

Bu tajriba menga shuni ko'rsatdiki: raqamli reklama qanchalik yaxshi ishlamasin, orqasida aniq moliyaviy nazorat va operatsion tartib bo'lmasa, natija barqaror bo'lmaydi.