Boburxo'ja SaidqosimovMoliya & Performance Marketing

Moliya

Biznes xarajatlari nazorati va tahlili, moliyaviy hisobotlar, foydani oshirish strategiyalari va byudjet nazorati.

Performance Marketing

Meta platformasida reklama kampaniyalarini yuritish, byudjetni optimallashtirish va savdoni oshiruvchi o'lchanadigan natijalar.

Statistika

Natijalar raqamlarda

2023–2026

Boshqarilgan reklama byudjeti

$0K+

Yildan-yilga o'sishda

Haftalik savdo cho'qqisi

$0K+

Centrum Holidays keysi

Amalga oshirilgan loyihalar

0+

Meta Ads kampaniyalari

Hamkor brendlar

0+

Turli sohalarda

Yaratilgan dashboardlar

0+

CRM va telefoniya integratsiyasi bilan

Sohadagi tajriba

0+ yil

Moliya, marketing, analitika

Qisqacha ma'lumot

Moliya

Xarajatlar nazorati, moliyaviy hisobotlar va byudjet boshqaruvi yo'nalishida amaliy tajribaga egaman. Tahlillar biznes foydasini oshirishga qaratilgan aniq qarorlar uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Marketing

Meta reklama kampaniyalarini strategik rejalashtirish, byudjetni samarali taqsimlash va o'lchanadigan natijalarga erishish ustida ishlayman.

Jarayonlar interaktiv dashboardlar va maxsus monitoring vositalari orqali kuzatib boriladi — bu har bir qarorning ma'lumotlarga asoslangan bo'lishini ta'minlaydi.

Omadli Group
Hrsevil
Cloz
Centrum Holidays
Milliard Club
Ziotto
Gentle
Luxsury Collagen
Sayyoh Tour
Ucharbek
Sar House
Nujum School
Avtomaktab Chorsu
Omadli Group
Hrsevil
Cloz
Centrum Holidays
Milliard Club
Ziotto
Gentle
Luxsury Collagen
Sayyoh Tour
Ucharbek
Sar House
Nujum School
Avtomaktab Chorsu

Ta'lim

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

AKT sohasida iqtisodiyot va menejment — Bakalavr

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti · Toshkent, O'zbekiston

S.H. Sirojiddinov nomidagi akademik litsey

Matematika va Ingliz tili yo'nalishi

S.H. Sirojiddinov nomidagi akademik litsey · Toshkent, O'zbekiston

Professional faoliyat

Milliard Club

Financial Analyst

Milliard Club · Toshkent, O'zbekiston

05/2026 – hozirgi kunda

  • Savdo bo'limining faoliyatini moliyaviy nuqtai nazardan tahlil qilib, sotuvchilar (menejerlar), haftalik sotuvlar va mahsulot/paketlar kesimida muntazam hisobotlar tayyorlayman.
  • Haftalik sotuv dinamikasi va har bir sotuvchining samaradorligi bo'yicha analitik dashboardlar yaratib, boshqaruvga qaror qabul qilish uchun ma'lumot taqdim etaman.
  • Sotuv ko'rsatkichlarini moliyaviy reja va byudjet bilan solishtirib, og'ishlarni aniqlayman hamda yaxshilash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqaman.
Centrum Holidays

Performance Marketing Specialist

Centrum Holidays · Toshkent, O'zbekiston

07/2025 – 03/2026

  • Premium Umra paketlari bo'yicha marketing va savdo operatsiyalarini boshqardim, CRM tizimiga sifatli leadlar oqimini ta'minladim hamda savdo menejerlari bilan yaqin hamkorlikda ishladim.
  • Jamoa bilan haftasiga kamida $240,000 savdo hajmiga erishdik, 4 ta to'liq charter guruhni (har birida 40+ ziyoratchi) premium paketlar orqali to'ldirdik.
  • Har bir paket narxi $1,500 dan yuqori bo'lib, to'liq aviatsiya sig'imini band qilish va barqaror daromad o'sishini ta'minladik.
Centrum Holidays

Finance Manager

Centrum Holidays · Toshkent, O'zbekiston

07/2025 – 03/2026

  • Umra safarlari bo'yicha moliyaviy hisob-kitoblarni yuritdim (to'lovlar, hisob-fakturalar).
  • Debitorlik va kreditorlik qarzlarini nazorat qildim hamda moliyaviy hujjatlarni audit talablariga muvofiq yuritdim.
  • Guruhlar bo'yicha foyda va zarar hisob-kitoblarini tayyorlab, moliyaviy natijalarni tahlil qildim.
ZIOTTO

Finance Manager

ZIOTTO · Toshkent, O'zbekiston

08/2024 – 01/2025

  • Mijozlar va yetkazib beruvchilar bilan moliyaviy operatsiyalarni boshqardim, aniqlik va tartib-qoidalarga muvofiqlikni ta'minladim.
  • Debitorlik va kreditorlik hisoblarini nazorat qildim, aniq hisob-kitoblar va o'z vaqtida to'lovlarni amalga oshirilishini ta'minladim.
  • Yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik qilib xarid jarayonlarini muvofiqlashtirdim hamda materiallar va aksessuarlar bo'yicha moliyaviy oqimlarni kuzatib bordim.
  • Ish haqi hisob-kitoblarini amalga oshirdim, jumladan oyliklarni hisoblash va hisobotlarni tayyorlash bilan shug'ullandim.
Omadli Group

Data Analyst

Omadli Group · Boston, AQSh

10/2023 – 07/2024

  • Power BI yordamida dashboardlar yaratdim va data pipeline'larni avtomatlashtirdim, Real Estate sohasida asosiy ko'rsatkichlar (bandlik darajasi, ijara to'lovlari yig'imi, shartnoma yangilanishi)ni monitoring qilishni yo'lga qo'ydim.
  • Turli sohalardagi stakeholderlar bilan hamkorlik qilib hisobot ehtiyojlarini aniqladim, ma'lumotlar sifatini yaxshiladim va kundalik operatsiyalar hamda strategik rejalashtirish uchun amaliy insightlar taqdim etdim.

Target reklama

Amalga oshirilgan loyihalar

Centrum Holidays — Premium Umra paketlari logo

Centrum Holidays — Premium Umra paketlari

Centrum Holidays'ning premium Umra paketlari uchun target marketing va savdo operatsiyalarini boshdan-oxirigacha boshqardim. Meta platformasida reklama kampaniyalarini rejalashtirdim, auditoriya segmentatsiyasini o'tkazdim va byudjetni eng yuqori konversiya bergan yo'nalishlarga qayta taqsimlab bordim. amoCRM tizimiga sifatli leadlar oqimini yo'lga qo'yib, savdo menejerlari bilan yaqin hamkorlikda har bir leadning charter guruhga aylanishini kuzatib bordim. Natijada jamoa bilan barqaror ravishda haftalik $240,000 dan ortiq savdo hajmiga erishildi va 4 ta to'liq charter guruh (har birida 40 dan ortiq ziyoratchi) $1,500 dan yuqori narxdagi premium paketlar orqali to'ldirildi — bu to'liq aviatsiya sig'imini band qilish va barqaror daromad o'sishini ta'minladi.

Haftalik savdo hajmi
$240,000+
To'ldirilgan charter guruh
4 ta
Guruhdagi ziyoratchilar
40+
Paket narxi
$1,500+
Cloz — ish qidiruv platformasi logo

Cloz — ish qidiruv platformasi

Cloz — O'zbekiston bo'ylab ish beruvchi va ish izlovchilarni bog'laydigan onlayn ish qidiruv platformasi uchun Meta (Instagram va Facebook) reklama kampaniyalarini yuritdim. Auditoriya segmentatsiyasi va byudjetni optimallashtirish orqali platformaga sifatli foydalanuvchilar oqimini oshirishga qaratilgan reklama strategiyasini amalga oshirdim.

HRSevil — biznesni rivojlantirish konsalting xizmati logo

HRSevil — biznesni rivojlantirish konsalting xizmati

HRSevil — O'zbekistondagi kompaniyalarga o'sish va kengayish bo'yicha konsalting xizmati ko'rsatuvchi brend uchun Meta reklama kampaniyalarini yuritdim. Auditoriya segmentatsiyasi va byudjetni optimallashtirish orqali xizmatga qiziqqan biznes mijozlaridan sifatli murojaatlar oqimini ta'minlashga qaratilgan reklama strategiyasini amalga oshirdim.

Analitika

Umra sotuvlari — namunaviy hisobot

Umra paketlari savdosini menejer, hafta va paket turi kesimida qanday kuzatish mumkinligini ko'rsatish uchun namunaviy ma'lumotlar asosida tuzilgan dashboard (haqiqiy natijalar emas). Haftalik dinamika, menejerlar reytingi va reyslararo solishtiruv — barchasi bitta joyda.

Umra sotuv analitikasi (namuna)

Grafiklar, reytinglar va issiqlik xaritalari bilan tuzilgan namunaviy interaktiv hisobot sahifasi.

Hisobotni ko'rish
Haftalik dinamika
10 hafta
Menejerlar reytingi
10 kishi
Paketlar kesimi
3 tur
Reyslar solishtiruvi
4 kun

Analitika

Call-markaz — namunaviy hisobot

CRM (lidlar, bitimlar) va qo'ng'iroqlar jurnalini menejer kesimida qanday birlashtirib tahlil qilish mumkinligini ko'rsatish uchun namunaviy ma'lumotlar asosida tuzilgan dashboard (haqiqiy natijalar emas). Qo'ng'iroqlar dinamikasi, menejerlar reytingi va sotuv funneli — barchasi bitta joyda.

Sotuv menejerlari samaradorligi (namuna)

Grafiklar, reytinglar va funnel tahlili bilan tuzilgan namunaviy interaktiv hisobot sahifasi.

Hisobotni ko'rish
Kuzatuv davri
99 kun
Menejerlar reytingi
7 kishi
Lid va bitim funneli
2 bosqich
Soat kesimi
24 soat

Hamkorlik

Yangi loyihalar va hamkorlik takliflariga ochiqman. Bog'lanish uchun eng qulay yo'l — Telegram orqali.

Telegram orqali yozing